1 Avgust 2024, 18:20 Oʻzbekiston

Samarqandda uchta mashina ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi

Samarqand tumanida Isuzu rusumli yuk mashinasi, Damas va Hyundai Sonata ishtirokida YTH yuz berdi.

Samarqandda uchta mashina ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan uchta mashina ishtirokidagi YTHda Damas pachoqlanib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-avgust kuni soat 12:50 lar atrofida Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida Qashqadaryo—Samarqand yo‘nalishida Isuzu rusumli yuk transport vositasi, Damas va Hyundai Sonata ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va yo‘lovchisi, Hyundai Sonata, shuningdek, yuk transport vositalari haydovchilari tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar