4 Oktabr 2024, 18:10 Oʻzbekiston

Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Hodisa oqibatida bir nafar haydovchi jarohatlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Samarqand viloyatida Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-oktyabr kuni soat 21:00 da Payariq tumani Tomoyrot MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 25 kmda sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Nexia-2 haydovchisi tan-jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar