Samarqandda sodir boʻlgan yongʻinda beshta xonadon jiddiy zararlandi
Yongʻin chiqqan xonadon batamom yonib ketgani, u yerda yashovchi oila hatto hujjatlarni olishga ham ulgurmagani aytilmoqda.
Samarqand shahridagi mahallalardan birida yuz bergan yongʻinda beshta xonadon zarar koʻrgan. Bu haqda jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev oʻzining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa 2024-yil 27-iyun kuni Samarqand shahridagi Xalqobod mahallasida sodir boʻlgan. Jizzax koʻchasi 2-yoʻlak 11-uydan boshlangan yongʻin qoʻshni xonadonlarga ham oʻtib ketgan.
Oqibatda oʻt chiqqan xonadon va undagi barcha narsa hamda buyumlar batamom yonib ketgan. Oila aʼzolari hatto oʻz hujjatlarini ham olishga ulgurmagan. Unga tutash boʻlgan xonadonlarda ham bino tomlari va uy shiftlari yongan.
Xabarda aytilishicha, yongʻin sodir boʻlganda uni oʻchirishda mahalla ahli yordam bergan. Olov oʻchirilgandan soʻng yongʻin qoldiqlarini tozalashgan. Shuningdek, mahalladoshlar yongʻindan aziyat chekkan xonadonlarga yordam berishga vaʼda bergan.
Toshpoʻlat Rahmatullayev yongʻindan zarar koʻrgan xonadonlarga mahalla ahli koʻrsatayotgan yordam yetarli boʻlmasligini aytib, odamlarni savob ish qilishga va jabrlanuvchilarga koʻmak berishga chaqirgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi