5 Iyul 2024, 18:29 Oʻzbekiston

Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan bola halok boʻldi

2017-yilda tugʻilgan bola koʻchaning belgilanmagan joyidan yugurib oʻtayotganida Nexia-2 uni urib yuborgan. Bola shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan bola halok boʻldi

Samarqand tumanida Nexia-2 urib yuborgan bola shifoxonada vafot etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 3-iyul kuni soat 18:00 larda sodir boʻlgan.

Haydovchi Nexia-2 mashinasini Samarqand tumani, “Joʻyi soy” MFY hududidan oʻtgan Usta Umar Joʻraqulov koʻchasida boshqarib ketayotganida yoʻlning belgilanmagan qismidan yugurib oʻtayotgan bolani urib yuborgan.

Bola zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar