10 Sentabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi

Samarqand shahrida ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi.

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi

9-sentabr kuni Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida “chaqnash” sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Holat soat taxminan 17:30 larda Beruniy ko‘chasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlardan birida yuz bergan.

FVB ma’lumotiga ko‘ra, chaqnashda ikki nafar fuqaro jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. “Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan”, — deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda holatga xonadonlardan birida gaz balloni portlagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqqan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar