5 Iyul 2024, 11:51 Oʻzbekiston

Samarqandda katta pul evaziga ikki kishini AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Fuqarolardan biri ikki kishidan 12 ming dollardan pul olgan va shundan 4 ming dollarni qaytarayotganida qoʻlga olingan.

Samarqandda katta pul evaziga ikki kishini AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni katta pul evaziga AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, har biridan 12 000 dollardan olgani va ushbu pullar hisobidan 4 000 dollar qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar