18 Iyul 2024, 12:09 Oʻzbekiston

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Kattaqoʻrgʻon tumanida Isuzu yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Isuzu yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani Mirzo Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yoʻlining 94-kilometrida, haydovchi SAZ NP 21 (Isuzu) midibusida “Payshanba-Kattaqoʻrgon shahar” yoʻnalishida harakatlanib kelib yoʻlning belgilanmagan qismidan chap tomondan oʻng tomonga harakatlanib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar