Samarqandda Cobalt va Damas ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi
Urgut tumanida Cobalt va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, oqibatida 3 kishi vafot etdi.
Samarqand viloyati, Urgut tumani, “Xo‘jaguzar” MFY hududidan o‘tuvchi Urgut—G‘o‘s—Avazmergan avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 29-iyul kuni soat 12:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2003-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi Urgut—G‘o‘s yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida Damas haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi