23 Avgust 2024, 13:52 Oʻzbekiston

Samarqandda avtobus va 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi voqea joyida, bir nafar haydovchi shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda avtobus va 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida uchta avtomobil va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatlararo qatnovchi Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, qayrilayotgan Tracker’ga urilgan va aylanib ketgan.

Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 hamda avtobusning old qismiga urilgan. Hodisa sabab Cobalt yo‘lovchisi voqea joyida, haydovchi esa shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar