Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda
Holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlangan.
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, 6-oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib, 2-oktyabr kuni bir necha shaxs tomonidan zo‘rlangani va ularga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlanib, 30-oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, 31-oktyabr kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlari davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan va 8 nafar shaxs, shu jumladan, Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan, yana bir gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi Samarqandda 8-sinf qiz o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani aytilmoqda Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi Samarqandda pora olgan podpolkovnik qo‘lga tushdi