Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand va Andijon viloyatlarida soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSh dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib bergani aniqlangan. G‘.Q. tomonidan 100 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursini bitirgani to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi Ombudsmanga 10 oyda ruhiy, jismoniy bosim yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi Samarqandda 28 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi Aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotgan ombor mudiri ushlandi