Samarqandda 7 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs 11,7 mln soʻm jarimaga tortildi
Narpay tumanida 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlagan fuqaro 11 mln 730 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Samarqand viloyati Narpay tumanida 7 tup daraxtni kesgan fuqaro jarimaga tortildi, deya xabar qildi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.
Qayd etilishicha, vazirlikning Samarqand viloyati boshqarmasi Narpay tumani boʻlimi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Reyd davomida tumanning “Baxt” MFY hududida fuqaro R.I. tomonidan 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani maʼlum boʻlgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R.I.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, yaʼni 8 million 500 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, fuqaro tabiatga 3 million 230 ming soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi. Huquqbuzar jami 11 million 730 ming soʻm toʻlaydigan boʻldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Yangiyo‘lda 5 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi Fargʻonada Nexia-2’ni bahaybat daraxt bosib qoldi Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi