21 Noyabr 2024, 15:44 Oʻzbekiston

Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Past Darg‘om tumanidaginovvoyxonani tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 621,8 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagan.

Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi “Yu.M.A” MChJ rahbari M.Yu. novvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan. Natijada jami 621,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar