29 Iyul 2024, 18:23 Oʻzbekiston

Samarqandda 15 nafar bola va onalarini olib ketayotgan Damas to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyatida Damas haydovchisi 15 nafar bola va onalarini olib ketayotgani aniqlandi.

Samarqandda 15 nafar bola va onalarini olib ketayotgan Damas to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyatida Damas haydovchisi 15 nafar bola va onalarini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahar Spitamen ko‘chasida Damas to‘xtatilib tekshirilgan. Shunda avtomashina salonida haydovchidan tashqari 15 nafar voyaga yetmagan bolalar onalari bilan borligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bolalarni aylantirgani olib kelayotgandik. Holatni boshqa takrorlamaymiz, deydi haydovchi.

Mashhur yangiliklar