25 Mart 2025, 14:50 Oʻzbekiston

Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashadi

Qaror xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilindi.

Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashadi

1-apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar amal qila boshlaydi, deyiladi xalq deputatlari kengashi qarorida.

Maʼlumotlarga koʻra, bir kub metr ichimlik suvi narxi quyidagicha boʻladi:

  • aholi uchun – 2800 soʻm (QQSsiz);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun – 6700 soʻm (QQSsiz).

Oʻz navbatida, oqova suv xizmatlari narxi quyidagicha boʻladi:

  • aholi uchun – 1900 soʻm (QQSsiz);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun – 5300 soʻm (QQSsiz).

Mashhur yangiliklar