
26 Mart 2025, 12:10 •Oʻzbekiston
Toshkentda enaga ish beruvchidan pul oʻgʻirlab, bolasini kaltakladi — video
Ayol uch yoshli qizining jarohatlarini payqab qolgan va uyga yashirin kameralar oʻrnatgan.

Toshkentda ish beruvchisini kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga 5 yilga qamaldi Toshkentda ish beruvchisini kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga 5 yilga qamaldi.
Voqea poytaxtning Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Uyidan pul yoʻqola boshlaganini, farzandida esa jarohat alomatlari paydo boʻlayotganini sezgan xonadon egasi yashirincha uyiga kuzatuv kamerasi oʻrnatgan. Aniqlanishicha, 1981-yilda tugʻilgan enaga uning uch yoshli qizini urib, pul oʻgʻirlagan.
Ayol Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (koʻp miqdorda oʻgʻrilik) va 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash) bilan aybdor deb topilgan. U umumiy tartibli koloniyada 5 yilu bir oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekistonda Inessa Papernayaning o‘limi bo‘yicha tergov yakunlandi
24 Aprel 2025, 10:29
Markaziy bank Tencent bilan WeChat Pay’ni O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilishni ko‘rib chiqyapti
24 Aprel 2025, 08:37
Zelenskiyning bayonotlari urushni hal qilishni qiyinlashtirmoqda — Tramp
23 Aprel 2025, 22:07
Istanbuldagi zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlanmadi
23 Aprel 2025, 19:04
Toshkentliklar kuchli shamol haqida zudlik bilan ogohlantirildi
23 Aprel 2025, 17:04
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarilmoqda
23 Aprel 2025, 16:48
Surxondaryoda mast erkak mashina o‘g‘irlab, YTHga uchradi — video
23 Aprel 2025, 15:37
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni O‘zbekistonga tashrifini keyinga qoldirdi
23 Aprel 2025, 14:19