19 Avgust 2024, 12:02 Oʻzbekiston

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi 25-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha harakatlanadi.

Ularning jadvali quyidagicha:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Mashhur yangiliklar