17 Sentabr 2024, 15:03 •Oʻzbekiston
Rossiyadan kelgan fuqarodan o‘qotar qurol topildi
Rossiyadan kelgan fuqaro O‘zbekistonga o‘qotar qurolni yashirincha olib kirmoqchi bo‘ldi.
Rossiyadan kelgan fuqaro O‘zbekistonga o‘qotar qurolni yashirincha olib kirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 17-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Yekaterinburg—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirildi.
Natijada sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona Stalker pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘qlar borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54