Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi.
Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 15 nafar bola kecha, 15-dekabr kuni Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, dekabr oyi boshlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi IIV, SSV xodimlari bilan hamkorlikda Rossiyaning 6 ta hududida joylashgan 10 nafar bolani vatanga qaytarish boʻyicha ishlarni boshlagan. Oʻrganishlar jarayonida yana 5 nafar bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgani aniqlangan.
“Ularning barchasi Oʻzbekistonga qaytarildi”, deb yozadi agentlik axborot xizmati.
Qoʻshimcha qilinishicha, oʻz oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi bolalar uyiga joylashtirilgan.
Bolalar qaytarilgach, mutasaddi xodimlar ularning oilaviy muhiti va bolaning holatini muntazam monitoring qiladi va zaruriyat tugʻilganda ijtimoiy xizmatlar biriktiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Koreyada ish joyini tashlab ketgan o‘zbekistonliklarning kafillaridan 2 mlrd so‘m undirildi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili ish boshlaydi