Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi
Novosibirskda o‘zbekistonlik migrant o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi.
Joriy yilning 19-sentyabrga o‘tar kechasi Novosibirskning Leninskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi.
Bu haqida Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat bosh boshqarmasi xabar berdi. Tergovga jalb qilingan shaxs 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z hamyurtining hayotiga zomin bo‘lgan.
Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, payshanbaga o‘tar kechasi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatandoshi bilan spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng erkaklar janjallashib qolgan, ayblanuvchi sherigini taburetka bilan urib o‘ldirgan.
Jinoyat izlarini yashirish maqsadida erkak 44 yoshli tanishining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uning qismlarini qoplarga solib, suv ombori yaqinidagi kimsasiz joyga olib keta boshlagan, deyiladi Tergov qo’mitasi xabarida.
Hozirda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan bo‘lib, u qotillikda ayblanmoqda. Sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi