18 Dekabr 2024, 08:52 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda jigarrang ajin virusi (ToBRFV) borligi aniqlandi.

Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi

Rossiyaning “Rosselxoznadzor” mintaqalararo boshqarmasi Nijniy Novgorod oblastiga jigarrang ajin virusi (ToBRFV) bilan kasallangan 18,5 tonna ogʻirlikdagi pomidor partiyasini olib kirishga ruxsat bermadi. “Kommersant” xabariga koʻra, pomidorlar Oʻzbekistondan keltirilgan.

Taʻkidlanishicha, ushbu virus barglarda mozaika va deformatsiyaga, mevalarda jigarrang ajinlar paydo boʻlishiga olib keladi. Virus yuqqan meva va sabzavotlar yaroqsiz holga keladi.

Zararli pomidorlar laboratoriya tomonidan tasdiqlangan boʻlib, tekshiruv hayvonlar salomatligi Federal markazining Nijniy Novgorod filiali mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan.

“Rosselxoznadzor” vakillarining taʻkidlashicha, zararli mahsulotlar egasi tomonidan zararsizlantirilishi yoki yoʻq qilinishi kerak. Agar buni amalga oshirishning iloji boʻlmasa, pomidorlar egasining hisobidan Oʻzbekistonga qaytarilishi lozim.

Mashhur yangiliklar