24 Mart 2025, 08:57 Oʻzbekiston

Rossiyada ayrim migrantlar patensiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

Buning uchun ular barmoq izlarini topshirishi, giyohvand moddalar va xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Rossiyada ayrim migrantlar patensiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

RF prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada mehnat faoliyatini patent olmasdan amalga oshirishlari imkonini beruvchi farmonni imzoladi.

Buning uchun ular daktiloskopiya (barmoq izlari) topshirishi, giyohvand moddalar hamda xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Rasmiy huquqiy axborot internet portalida eʼlon qilingan hujjatda belgilanishicha, “chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organida barmoq izlari orqali shaxsni identifikatsiya qilish jarayonidan oʻtsa, ish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega”.

Yana bir shart — tibbiy koʻrikdan oʻtish kerak boʻladi, unda giyohvand yoki psixotrop moddalarni shifokor retseptisiz isteʼmol qilish, shuningdek, yangi turdagi xavfli psixoaktiv moddalar yoki atrofdagilar uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar bor-yoʻqligi tekshiriladi.

Mazkur farmonga ko‘ra, bunday kasalliklar qatoriga, xususan, OIV ham kiritilgan.

Mashhur yangiliklar