21 Oktabr 2024, 15:30 •Oʻzbekiston
Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi ovqatlanish joylarining 75 foizida taomnoma davlat tilida emasligi aniqlangan.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib bordi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotgani yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Qo‘mita o‘rganish ishlari natijasida:
- 524 tasida — (75 foizi) taomnoma davlat tilida emas;
- 480 tasida — (69 foizi) ish rejimi ko‘rsatilmagan;
- 449 tasida — (65 foizi) narxnomalar mavjud emas;
- 429 tasida — (62 foizi) avtoturargohlar mavjud emas;
- 519 tasida — (74,6 foizi favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish subyektlari ustidan vakolatli organlarga ma’lumotlar kiritilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham Davlat tilidan imtihon topshiradi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi
Soʻnggi yangiliklar

Prezident Chorvoqdagi yangi turizm markazi loyihasi bilan tanishdi
14 Aprel 2025, 18:00
Gubkin universitetining Toshkentdagi filiali maʼruzalarda targʻibot olib borilgani haqidagi ayblovlarga izoh berdi
14 Aprel 2025, 17:28
Qirgʻiziston Moskvadagi hammomda migrantlar qoʻlga olingani uchun Rossiyaga nota yubordi
14 Aprel 2025, 16:15
Oʻzbekiston Afgʻoniston zaminida paxta va sabzavot yetishtirmoqchi
14 Aprel 2025, 15:54
Oʻzbekistonda Road24 ilovasi ishlamay qoldi
14 Aprel 2025, 15:26
Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
14 Aprel 2025, 15:08
Issiq, sovuq, yomgʻir: Oʻzbekistonga injiq ob-havo yaqinlashmoqda
14 Aprel 2025, 14:26
AQSH bir yilda millionga yaqin muhojirni deportatsiya qilmoqchi
14 Aprel 2025, 12:32