8 Iyul 2024, 12:19 Oʻzbekiston

Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Bunga mineral oʻgʻit narxlarining oʻrtacha 10 foizdan 15 foizgacha asossiz oshirilishi sabab boʻlgan.

Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

“Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarining asossiz oshishiga olib kelgan harakatlar alomatlari aniqlangan.

Natijada mineral oʻgʻit mahsulotlari narxlari oʻrtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab boʻlgan. Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, ushbu omil qishloq xoʻjaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita taʼsir qilib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.

Mashhur yangiliklar