15 Mart 2025, 12:23 Oʻzbekiston

Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi

1-iyundan binolarning loyiha hujjatlariga yashil energiya va issiqlik manbalarini o‘rnatish talabi kiritiladi.

Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi

11-mart kuni uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Bunda sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish nazarda tutilgan.

Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20% ga kamaytirish belgilanmoqda.

Quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmog‘i yangilanadi;
  • DXSh asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari;
  • markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37% dan 58% gacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38% dan 20% gacha qisqartiriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish yuklatiladi.

Mashhur yangiliklar