5 Sentabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Qozog‘istonda Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘istonda Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni o‘rinbosari noqonuniy xatti-harakat sodir etishda gumon qilinib, qo‘lga olindi.

Qozog‘istonda Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Respublika Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosarini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni o‘rinbosari noqonuniy xatti-harakat sodir etishda gumon qilinib, qo‘lga olinganini tasdiqlaymiz, deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligi o‘z saflarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslikni e’lon qilib, amaldagi qonunchilik doirasida xolis va har tomonlama tergov olib borishga va’da berdi. Biroq qo‘lga olingan shaxsning ismi aytilmagan.

Hozirda Qozog‘iston Milliy gvardiyasiga general-leytenant Erkin Bo‘takanov boshchilik qilmoqda. Uning o‘rinbosarlari: general-mayor Qayrat Aktanov, general-mayor Baurjan Abjanov, general-mayor Qayrat Umbetov, general-mayor Konstantin Voronkin va general-mayor Jandos Omarqulov.

Mashhur yangiliklar