30 Iyul 2024, 18:42 Oʻzbekiston

Qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga o‘tishga uringan o‘zbekistonliklar qo‘lga tushdi

Yuk mashinasidagi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

Qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga o‘tishga uringan o‘zbekistonliklar qo‘lga tushdi

O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiya chegarasini kesib o‘tishga urindi. Bu haqda Mash Telegram kanali xabar berdi.

Hodisa Saratov viloyati Ozinki qishlog‘idagi o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan. Chegarachilar qovun tashuvchi yuk mashinalaridan birini to‘xtatib, uni ko‘rishga qaror qilgan. Haydovchi taqdim etgan hujjatlardan kuzovda faqat qovun borligi ma’lum bo‘lgan.

Biroq ko‘zdan kechirish chog‘ida pritsep oxirida qovun solingan qutilarga yashiringan to‘rt nafar muhojir topilgan. Natijada yuk mashinasi haydovchisi va migrantlarga nisbatan Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar