23 Avgust 2024, 12:41 Oʻzbekiston

Qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Nukus shahrida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobidan joy oldi.

Qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi o‘tov Ginness rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.

22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar