Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mangistau — Nukus yo‘lovchi poyezdi Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan o‘tayotganida yong‘in yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat 19-sentabr kuni Qozog‘iston Mangistau viloyatidan Nukusga qarab harakatlangan yo‘lovchi poyezdida sodir bo‘lgan. Soat 14:47 da teplovozning “B” seksiyasining turbokompressoridan uchqun chiqa boshlagan, bu esa vagonlararo tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarning (sufle) yonishiga olib kelgan.
Mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yong‘in bartaraf qilingan va soat 15:30 harakatni davomi ettirgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan holat bo‘yicha fuqarolarga va yo‘lovchi vagonlariga shikast yetmagan.
Yo‘lovchi poyezd Nukus bekatiga soat 16:23 kirib kelgan (1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan).
Hodisa oqibatida mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi Qoraqalpog‘istonda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida chaqaloqlar halok bo‘ldi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi