19 Sentabr 2024, 15:04 Oʻzbekiston

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy joriy etilishi mumkin

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlarda ham oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish alohida taʼkidlangan.

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy joriy etilishi mumkin

Oʻzbekistonda Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ov qilishga muddatsiz moratoriy joriy etish taklif etildi.

Ekologik partiya taklifiga koʻra, Qizil kitobga kirgan oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishni cheklash tabiiy resurslarni saqlab qolishga imkon beradi.

Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlarda ham oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish alohida taʼkidlangan.

Xususan, 1992-yildagi “Bioxilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya”ga muvofiq davlatlar bioxilma-xillikni taʼminlash, salbiy taʼsirni baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi lozimligi belgilangan.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining nizomida tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun barcha davlatlarning saʼy-harakatlarini uygʻunlashtirish lozimligi qayd etilgan.

Mashhur yangiliklar