24 Avgust 2024, 08:17 •Oʻzbekiston, Jahon
Qirgʻizistonda 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi
Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning 9 ta hududida sezildi.
Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan 24-avgust kuni soat 01:33 da (Grinvich boʻyicha 23-avgust soat 20:33 da) sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 39,82 gradus shimoliy kenglik, 71,39 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,7 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Soʻx tumanida 2-3 ball, 37 km.
- Fargʻona tumanida 2 ball, 61 km.
- Rishton tumanida 2 ball, 62 km.
- Fargʻona shahrida 2 ball, 71 km.
- Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km.
- Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km.
- Oʻzbekiston tumanida 2 ball, 73 km.
- Bagʻdod tumanida 2 ball, 76 km.
- Margʻilon shahrida 2 ball, 76 km.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi Rossiyalik trevel-bloger Oʻzbekiston poyezdidagi sayohatni “haqiqiy sinov” deb atadi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53