Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida 14 yil oldin yopilgan nazorat-o‘tkazish punkti qayta ochiladi.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punkti yaqin kunlarda ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Turmush.kz” xabar berdi.
Prezident Sadir Japarovning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevga ko‘ra, mazkur punkt foydalanishga topshirilsa, “Do‘stlik avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktida yuklanish kamayadi.
Rekonstruksiya ishlari doirasida “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punktigacha bo‘lgan yo‘llar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib o‘tadi.
Bundan tashqari, Elchibek Jantayev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Intimak” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi tiklanayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirgan. “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punkti 14 yil oldin, “Intimak” nazorat-o‘tkazish punkti esa 2004-yildan beri yopiq edi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi