Qashqadaryolik erkak Afg‘oniston fuqarosini 53,5 ming dollarga chuv tushirdi
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.
Qashqadaryolik erkak Afg‘oniston fuqarosini 53,5 ming dollarga chuv tushirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot ximizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro E.N. Afg‘oniston fuqarosi H.G‘.dan 2021-yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirgan. Undan 53,5 ming AQSH dollari miqdorida pullarni olib, tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan va pulni ham bermasdan aldab kelgan.
Prokuratura organlari tomonidan H.G‘.ning murojaati o‘rganilib, natijasiga ko‘ra E.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida, xorijiy davlat fuqarosi H.G‘.ga yetkazilgan zarar hisobiga 500 million so‘mga yaqin mablag‘ undirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi