Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatidagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi.

Qashqadaryoda 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 3 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olinganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
Xususan, monitoring kuzatuvlari davomida Qashqadaryo viloyatida “Chiroqchi-klaster” MCHJ va “Kitob ip yigiruv” AJlar tomonidan quyidagi qonun buzilishi holatlari aniqlangan:
- umumiy 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgan;
- jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulot qo‘yilmagan yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yilgan;
- mahsulotlar bo‘yicha jadvallarni belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan;
- birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar.
Buning natijasida korxonalar jami 3,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha klasterlarga nisbatan qo‘mita tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Ortiqcha olingan mablag‘ni ixtiyoriy ravishda qaytarish va qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi
Soʻnggi yangiliklar







