Qashqadaryoda tuman hokimlari “isteʼmolchilar huquqini kamsituvchi” qarorlar qabul qilgani aniqlandi
Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta tuman hokimlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid holatlar aniqlandi,deya xabar qildi Raqobat qo‘mitasi.
Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida viloyat tuman hokimliklari va davlat boshqaruv organlarining viloyat tarkibiy bo‘linmalarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tuman hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilinishi natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 12, 22-moddalarida belgilangan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 4 ta tuman hokimlarining tegishli qarorlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi