5 Avgust 2024, 12:46 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda qarzdor fuqaro “samosud” qilindi

Qarshi shahrida bir guruh shaxslar qarzini qaytarmagan fuqaroni “samosud” qildi.

Qashqadaryoda qarzdor fuqaro “samosud” qilindi

Qashqadaryo viloyati IIB Qarshi shahrida bir guruh shaxslar qarz oldi-berdisi sabab bir fuqaroni kaltaklagan holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 26-iyul kuni Qarshi shahrida Nexia-2 rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashinada bir guruh shaxslar tomonidan bir nafar fuqaroni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida “samosud” qilingani tasvirlangan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, shaharning “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Natijada qarz bergan fuqaro iyun oyi o‘rtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar