Qashqadaryoda fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 55 ming dollar so‘ragan mansabdor 6 yilga qamaldi
Qashqadaryo viloyatida fuqaroni 55 ming dollar evaziga mansabdor qilishni va’da qilgan Barkamol avlod markazi direktori 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi direktori vazifasida ishlab kelgan ayol Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi hukmiga ko‘ra, 6 yil-u ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bu haqdagi sud hukmi 2024-yilning 6-avgust kuni e’lon qilingan.
Sudlanuvchi I.X. 2022-yil 2-iyundan boshlab Ko‘kdala tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan bo‘lib, Qarshi tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ishonchiga kirib, ta’lim sohasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali uni Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirligiga o‘tkazishni va’da qilgan. Evaziga 55 ming dollar berishi kerakligini aytib, oldindan 30 ming dollarni olgan paytda qo‘lga olingan.
U shuningdek, direktor o‘rinbosariga 300 dollar evaziga Best Publication ilmiy tadqiqotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazining “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishonini ham olib bergan.
2024-yil 11-fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayyor” kafesida qo‘lga olingan direktorga 2024-yilning 6-avgust kuni hukm o‘qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi