Qashqadaryoda auksion orqali yutib olingan yerni sotishga uringan shaxs ushlandi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryoda e-auksion savdosi orqali yutib olingan yer maydonini sotishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda fuqaro X.X. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, Ye-auksion savdosi orqali Shahrisabz tumani hududidan yutib olgan 1,2 sotix yer maydonini goʻyoki kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Qashqadaryoda 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,8 ming dollar olganlar ushlandi