Qarshidagi shifoxonada ayol lift shaxtasiga tushib ketib, halok bo‘ldi
Qarshi shahridagi shifoxonada lift shaxtasiga tushib ketgan xodimaning jasadi voqeadan 20 soat o‘tib topildi.
Respublika tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi shahar filialiga qarashli eski temiryo‘l shifoxonasida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimi lift shaxtasidan o‘lik holda topildi.
Aniqlanishicha, shifoxonada orastabon (sanitarka) bo‘lib ishlovchi ayol ish faoliyati davomida shifoxona binosidagi liftdan foydalanishga uringan. Ammo lift nosozligi bois uning shaxtasiga tushib ketgan.
Tushga yaqin orastabon liftdan foydalanish uchun eshigini ochadi. Taxminlarga ko‘ra, lift nosozligi sababli 36 yoshli ayol lift shaxtasiga tushib ketgan.
Mas’ullarning ma’lumot berishicha, bu lift mutaxassis ishtirokida faqatgina og‘ir bemorlarga xizmat ko‘rsatgan.
Ayol ishda ko‘rinmay qolgani bois hamkasblari uning shu shifoxonada ishlaydigan singlisiga xabar bergan. Natija bo‘lmagach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan.
20 soatdan ortiq qidiruvlardan so‘ng, 2024-yilning 4-avgust kuni 36 yoshli ayol lift shaxtasidan o‘lik holda topilgan, voqeadan so‘ng ushbu liftdan foydalanish cheklab qo‘yilgan.
Qo‘shnilariga ko‘ra, marhumaning 3 nafar farzandi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Rossiyada ishlaydi. Ayni paytda Qarshi shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani sex fosh qilindi Сенатнинг аралашувидан сўнг Ўзбекистонга лифтларни олиб кириш муаммоси ҳал бўла бошлади Лифтлар хавфсизлиги тўғрисидаги умумий техник регламент эълон қилинди