Qarshidagi basseynda 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatda vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatda vafot etgan. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12 avgust kuni tushdan keyin yuz bergan. 2006-yilda tug‘ilgan, asli kosonlik yigit uzoq vaqt davom etgan cho‘milishdan so‘ng suvdan chiqib kelgan va tanasi nam holda telefon quvvatlagich rozetka ustiga oyog‘ini qo‘ygan. Oqibatda tok urib u yerga yiqilgan.
Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng marhumning yaqinlari tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Unga qadar esa bemor yigitga manzilda bo‘lib turgan shifokorlar yordam ko‘rsatgan. Biroq u berilgan yordamlarga qaramasdan, shifoxonaga olib boriguniga qadar vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Qashqadaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Suzish havzasi faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi