1 Avgust 2024, 14:54 Oʻzbekiston

Qamchiq dovonida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Hodisa 31-iyul kuni soat 16:00 larda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 242 kilometrida yuz bergan. Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Cobalt va Matiz avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Matiz va yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni chuqurlikdan olib chiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.

Hozirda tegishli tashkilot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar