Prezident Toshkent viloyatida yashovchi 105 yoshli onaxonni “Shuhrat” medali bilan taqdirladi
Ikkinchi jahon urushi faxriysi Mehrinisa aya front ortidagi ishlarda faol ishtirok etgan.

Prezident Toshkent viloyatida yashovchi 105 yoshli ayolni “Shuhrat” medali bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Chinoz tumanida yashovchi Mehrinisa aya Usmonovaga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashrif buyurib, mukofotni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, nafaqaxo‘rning oilasiga sovg‘a-salomlar ulashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Mehrinisa aya ko‘p yillar kolxozda fidokorona mehnat qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida u front ortidagi ishlarda faol ishtirok etdi.
Avvalroq 115 yoshli faxriy ilk bor samolyotda parvoz qilgani xabar qilingandi. Prezident frontchining orzusini ro‘yobga chiqarishni shaxsan buyurdi. Shifokorlar faxriyning sog‘lig‘ini baholab, parvozga ruxsat berishdi. Parvozdan so‘ng Ro‘ziboy Sattarov samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Izohlar