Pop tumani hokimi o‘rinbosari To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi
Sherali Qosimov Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Abdukaxarovich Qosimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Tumanning avvalgi hokimi Axror Mansurov esa viloyatning Mingbuloq tumanini boshqarmoqda.
Sherali Qosimov 1986-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
U turli yillarda Namangan tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri, Namangan tumani hokimi o‘rinbosari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Tayinlovga qadar esa Pop tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryoga hokimlar tasdiqlandi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi