Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi.
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari qiymati 245 million soʻmlik qimmatbaho metall va toshlardan ishlangan qoʻl soatlari hamda zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻydi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pekindan qaytgan yoʻlovchi qiymati 145 million soʻmlik, Dubaydan qaytgan yoʻlovchi esa 60 million soʻmlik qimmatbaho soatni “yashil” yoʻlak orqali olib oʻtishga uringan vaqtida toʻxtatib qolingan.
Har ikkala holatda ham soatlar jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish meʻyoridan ortiqcha boʻlgan.
Istanbul—Toshkent reysi boʻyicha parvozini yakunlagan yoʻlovchi esa ruxsat etilgan 65 ramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumlaridan tashqari yana 40 million tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringan vaqtida fosh qilingan. Qiymati 50 million soʻmlik ushbu zargarlik buyumlari shaxsiy koʻrik davomida yoʻlovchining choʻntagida aniqlangan.
Jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyoj uchun 65 gammgacha ogʻirlikdagi zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo bu tovarlarni bojsiz olib kirishning umumiy meʻyorlari doirasida boʻlishi kerak. Masalan, havo yoʻllari orqali Oʻzbekistonga kirib kelishda 2 ming dollargacha qiymatdagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali rekonstruksiya qilinmoqda Sirdaryoda ayol qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi O‘zbekistonga 380 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi