OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar oʻtkaziladi. Mandat 21−22-avgustda eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari va test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida koʻrsatilgan manzildagi oʻzlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi oʻtkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
SSV esa imtihonlar 28-iyulda yakunlananishini xabar qilgan. 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi. 7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21−22-avgustda mandat eʼlon qilinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin O‘zbekistonda kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi