Olmaliqda maktab o‘quvchilarining zaharlangani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari suvdan zaharlangani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida maktab o‘quvchilari suvdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilishi natijasida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.
Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olindi.
Shuningdek, mazkur vaziyat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi Namanganda moliyaviy piramida targ‘ibotiga yo‘l qo‘ygan maktab direktori ishdan olindi “O‘zsuvta’minot” Olmaliqda o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi Toshkent viloyatida maktab oʻquvchilari suvdan zaharlandi Toshkentda odamlar go‘shtdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi