“O‘zbekkonsert”ni ogohlantirmay xorijda konsert bergan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi
“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmasdan xorijda konsert o‘tkazadigan sanʼatkorlarning litsenziyasi muddatidan avval to‘xtatilishini maʼlum qildi.
“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay, O‘zbekistondan tashqarida konsert o‘tkazadigan sanʼatkorlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishini maʼlum qildi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar bergan.
Bunga “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun asos sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 21-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida “O‘zbekkonsert” DMni yozma ravishda xabardor qilish shart.
Shuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash pasporti” talablariga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasini yozma xabardor qilmasdan O‘zbekistondan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, “O‘zbekkonsert” bunday faoliyat noqonuniy ekanini aytgan hamda konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va rejalashtirishda tashkilotni xabardor qilish bo‘yicha ogohlantirgan.
Bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini rejalashtirib o‘tkazayotgan xonandalar yo‘q emas. Litsenziya talab va shartlariga rioya qilmagan sanʼatkorlarning litsenziyasi ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi tomonidan muddatidan oldin to‘xtatilishi maʼlum qilinadi, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Umra tadbirlarini oʻtkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar nomi eʼlon qilindi Umra litsenziyasini olish uchun yangi talablar e’lon qilindi O‘zbekistonda konsertlarning milliy an’analarga mosligi tekshirilishi mumkin “O‘zbekkonsert” fuqarolarni litsenziyasiz san’atkorlarning xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlish kerakligi belgilandi