9 Iyul 2024, 12:46 •Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi va qiymati oshgan. Xorijiy valyuta zaxiralari esa 9,23 mlrd dollardan 8,43 mlrd dollargacha qisqargan.
Markaziy bank Oʻzbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid maʼlumotlarni yangiladi. Unga koʻra, 1-iyul holatiga, Oʻzbekistonning rasmiy zaxiralari 36,3 mlrd dollarni tashkil qildi.
Iyun oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati 26,81 mlrd dollardan 27,31 mlrd dollargacha oshgan. Oʻz navbatida oltinning fizik hajmi 11,4 mln troya unsiyadan 11,7 mln troya unsiyagacha koʻpaygan.
Shuningdek, xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 mlrd dollardan 8,43 mlrd dollargacha qisqargan.
Hisobot davrida Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 294 mln dollarga kamaygan. Bunga oʻtgan oyda oltin eksport qilinmagani sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oktyabr oyida 833 mln dollarlik oltin sotdi O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi Oʻzbekiston aprel va mayda oltin sotishni keskin qisqartirdi Май ойида ҳам Ўзбекистон олтин-валюта захиралари кўпайди
Soʻnggi yangiliklar
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
22 Noyabr 2024, 14:48