25 Mart 2025, 17:11 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonliklar chiqindilardan elektr energiya olishadi

Mamlakatning yetti hududida chiqindilarni elektr energiyasiga aylantirish loyihalari amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonliklar chiqindilardan elektr energiya olishadi

Prezident chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini joriy etish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Xabarlarga koʻra, loyihalar Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida amalga oshiriladi.

Hududlarda chiqindilarni qayta ishlash sohasida zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi, shuningdek, hokimiyat toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qiladi.

Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan holda sotadi. Investorlar va loyiha kompaniyalari 2025-2027-yillarda quyidagi ishlab chiqarish quvvatlariga ega uskunalarni ishga tushirishni taʼminlaydi:

  • Toshkent viloyatida: kuniga 2500 tonna chiqindini termik usulda qayta ishlash orqali yiliga 390 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish;
  • Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida: kuniga 1500 tonnadan chiqindini termik usulda qayta ishlash orqali 240 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish;
  • Namangan va Fargʻona viloyatlarida: kuniga 1500 tonnadan chiqindini termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.

Mashhur yangiliklar