O‘zbekistonga pnevmatik to‘pponcha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi.
Toshkent xalqaro aeroportida fuqaro pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, 22-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona xodimlari tomonidan Vnukovo—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Bojxona nazoratiga tegishli tartibda taqdim etilmagan, muqobil manbalarga ko‘ra, taxminiy qiymati 700 ming so‘m bo‘lgan jami 1 dona KR-18 rusumli pnevmatik to‘pponcha va Angry BB’s nomli og‘irligi 1 kg bo‘lgan sharsimon shakldagi plastik o‘qlar borligi aniqlandi, deyiladi bojxona kompleksi axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali rekonstruksiya qilinmoqda Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi